GreekKeys Unicode Haqida

11-Noyabr 2015: 28-Oktarbda GreekKeys 2008 sotuvi to’xtatildi. Yangi GreekKeys 2015 mahsuloti the Society for Classical Studies veb-saytida mavjud (SCS a’zolariga bepul, a’zo bo’lmaganlarga $20, GreekKeys 2008ni 1-Avgust kuni va undan keyin sotib olgan ishlatuvchilarga bepul yoki chegirmalar bor). Yangi mahsulot va saytning qo’llab quvvatlash markazi uchun bu yerga kiring.

Unicode nima?

Unicode butun dunyo bo’ylab yozish va bosib chiqarish uchun belgilar va ramzlarni kodlash uchun xalqaro standart. Standart konsortsium tomonidan nazorat qilinadi va kompyuter va operatsion tizimlar ishlab chiqaruvchi yiring kompaniyalar amalga oshirishda hamkorlik qilishadi. Ko’proq ma’lumot uchun, http://www.unicode.org. saytiga kiring. Har bir Unicode standartidagi belgilar va ramzlar yagona kod va raqamli identifikatsiyasiga ega. Ular odatda U+ dan oldin “hexadecimal notation” va “hexadecimal digits” (0-9 va a-f) ko’rinishida bo’ladi. Ko’p belgilar 4ta hexadecimal digits oralig’ida (Basic Multilingual Plane = BMP = Plane 0), U+0000 U+ffff orqali; lekin ba’zilari hozir Supplementary Multilingual Plane (= SMP = Plane 1) 5 raqamlidir. Shunda, kichik alfa (lowercase alpha) – U+03b1, o’tkir talaffuz (acute accent) bilan birgalikda va iota subscript – U+1fb4, va the Greek Acrophonic Attic belgisi yuzta stater – U+10152.

 

Unicode keng tarqalmasdan oldin, ishlatilinayotgan kompyuter dasturiy ta’minot, operatsion tizim, sxemalar soni va turiga qarab Yunon politonigi ishlatilingan. Oddiy foydalanuvchi bir Yunon faylini bir dasturdan boshqasiga, bir platformadan boshqa platformaga o’tkazishda juda ko’p qiyinchiliklarga uchragan. Bu tushunarsiz mos kelmaydigan kodlashni bartaraf qilinishi mumkin. Har bir Mac OS X, Windows, yoki Linux shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilar eskirgan shrift va Traditional GreekKeys, SPIonic, SuperGreek, WinGreek va boshqa klaviaturalarni ishlatilinishini oldini olish kerak. Bunday kodlashni ishlatish, tarqatish va uzoq muddatga saqlash chorasida olimlar ko’proq bosh qotirishlari lozim.

 

2008-yilda faqatgina yaxshi ishlanmagan yoki anchadan beri o’zgartirilmagan dasturlargina Yunon kodlashni ishlata olmagan, kamida Unicodening 4.1 and 5.0 versiyalaridagi shu berilgan ikki ustundagi Yunon politonik belgilarni.

 

Yunon Unicode judayam mustahkam bo’lsada, u a’lo emas va muammolardan xoli ham emas, ayniqsa ko’p maxsus joylarda chegaradan ko’p tipografiya ishlatilinganda. Birinchidan, Yunon bloki birinchi ko’rinishi mukammal bo’lmagan. Ikkinchidan, Unicode belgilar nazariyasi yangi yaratilingan shriftlar, operatsion tizimlar va dasturlarga mos yaratilinmagan. Va bu nazariya katta tehnologik kelajakdagi ilmiy shriftlarga talablar yuklaydi, shuning uchun ilmiy mukammal shriftlar yaratish bir qancha qiyindir, tijorat sotuvchilari malum bir foydalanuvchi guruhlar uchun yaratish ancha osongina amalga oshiriladi.

 

Agar siz oldingi Yunon politonik kodlashni yangi zamonaviy Unicodega o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, siz 2006-yildagi taqdimotning yangilangan “Before and After Unicode: Working with Polytonic Greek” maqolasini foydali deb topishingiz mumkin.

 

Yunon politokni standartlash bo’yicha yanada chuqurroq texnik ma’lumotlar, duch kelingan muammolar hal qilish uchun, texnik ma’lumotlarga kiring.

 

Yunon va Kengaygan Yunon shriftlari sxemalari uchun http://www.unicode.org/charts/ kiring (Kengaygan Yunon uchun pastroqqa tushing).

 

Unicodeni yanada maxsuslashtirish maqsadida ko’proq ma’lumot olish uchun, Thesaurus Linguae Graecae va ayniqsa PDF Beta to Unicode Quick Guide hujjatlariga kiring.

 

GreekKeys Unicode Nima O’zi

GreekKeys Unicode mashxur Macintosh transformatsiyasi, 1980-1990 yillardagi multilingual computing sohasidagi zamonaviy standartdir. GreekKeys Unicode klaviaturalari eski GreekKeys klaviaturalarini ishlatadi, shuning uchun anchadan beri ishlatayotgan odamlar yangi harf terishni yangi usulini o’rganishlari shart emas. Lekin, GreekKeys Unicode klaviaturalarning informatsiya kiritilishi Unicode formatida, zamonaviy kompyuterlar tushunmaydigan kodlash tizimi emas. Hali ham kerak bo’lsa Macintosh uchun GreekKeysning yetuk versiyasi bo’lmush GreekKeys 2005 Unicodeni ishlatishi mumkin. Hozir Windows foydalanuvchilari GreekKeys 2008ni Yunon politonik harflarini kiritish uchun ishlatishlari mumkin.

 

GreekKeys klaviaturalarini qayta ishlanishi yangi maxsus startdartli shriftning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Yangi font Unicode asnosida yaratilgan bo’lib, har xil platformalarda ishlaydi va yuz yoki minglab belgilarni o’z ichiga olishga qodir, Unicodedan oldingi 255 dona belgilardan farqli ravishda. GreekKeys 2005 yaratilish paytida Athena Unicodening 2-versiyasi chiqdi va shu bilan birga GreekKeys 2008ning 3.2 versiyasi ham. GreekKeys 2008 o’z ichiga uchta qo’shimcha shriftlarni va deyarli hamma Athena Unicode belgilarini o’z ichiga olgan.

 

Manba http://ist-socrates.berkeley.edu/~pinax/greekkeys/AboutGKU.html

Вернуться на главную страницу

Posted on

Leave a Reply